AsosiyJamiyat

Olmazor tumani ko`chalaridagi svetoforlar 2 soat davomida ishlamadi

Bugun, 9 oktyabr kuni poytaxtning Olmazor tumanidagi kichik xalqa yo`lida mahalliy vaqt bilan soat 10:00 larda elektr energiyasining o`chirilganligi sababli, bir qancha svetoforlar ishlamadi, deya xabar beradi uz24.uz nashri.

Bu holat avtomobillar o`rtasida tirbandlikni yuzaga keltirgan. Ma`lumotlarga ko`ra, Shayxontoxur tumanidagi ba`zi joylarda ham svetoforlar ishlamay qolgan.

Olmazor tumani elektr stansiyasi bergan ma`lumotlarga ko`ra, ikki soat ichida elektr toki bilan bog`liq muammo bartaraf etilgan.

    Boshqa yangiliklar