AsosiyJamiyat

Sherzod Shermatov maktab formasi bo`yicha tayyorlangan reportajga munosabat bildirdi

'Sherzod Shermatov maktab formasi bo`yicha tayyorlangan reportajga munosabat bildirdi'ning rasmi

13 sentyabr kuni ijtimoiy tarmoqlarda "Oʻzbekiston 24" telekanali orqali maktab o`quvchilarining formasi borasida tayyorlangan reportaji keng tarqalgan va muhokamalarga sabab bo`lmoqda.

Bu borada O`zbekiston xalq ta`limi vaziri Sherzod Shermatov Facebook‘dagi sahifasida o`z fikrini bildirdi.

“Xalq ta`limi tizimidagi faoliyatining birinchi kunlarida maktablarda juda ko`p muammolar yig`ilib qolganligi, ular qolib ikkinchi darajali bo`lgan forma haqida juda ko`p muhokamalar bo`layotgani haqida aytib o`tgan edik.

Lekin, afsuski, haligacha shu masala muhokamada. Menimcha, ushbu masalaga nuqta qo`yish vaqti keldi.

Jurnalistlardan iltimos, birgalikda o`qituvchilarimiz obro`sini oshirishga harakat qilaylik, obro`sini to`kishga emas. O`zi shundoq ham yaxshi o`qituvchi topish qiyin. Agarda qandaydir kiyimiga e`tiroz bo`lsa uni ommaga muammo qilib ko`rsatgandan ko`ra o`qituvchini o`ziga aytib qo`yish yaxshiroq bo`lardi.

O`zi umuman, televidenie orqali kimnidir ruxsatisiz tanqid qilinayotganda iqtisodiy rivojlangan davlatlardagidek imkoni boricha uni tanib bo`lmaydigan qilib yuzini ko`rsatmasdan amalga oshirish to`g`ri bo`ladi, ayniqsa yosh bolalarga bu juda salbiy ta`sir qiladi”.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar