AsosiyJamiyat

"Oila" ilmiy-amaliy tadqiqot markaziga direktor tayinlandi

'"Oila" ilmiy-amaliy tadqiqot markaziga direktor tayinlandi'ning rasmi

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “Oila” ilmiy-amaliy tadqiqot markaziga direktor hamda markaz direktor o`rinbosari lavozimlariga rahbarlar tayinlandi.

Diloram Gafurdjanovna Tashmuxamedova Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “Oila” ilmiy-amaliy tadqiqot markaziga direktor, Dildora Mirsabitovna Karimova va Dilbar Magribjanovna Alimjanova ushbu markaz direktor o`rinbosari lavozimiga tayinlandi.

Eslatib o`tamiz, “Oila” markazi oila institutini mustahkamlash va rivojlantirish, jamiyatda zamonaviy namunali oila mezonlarini joriy etish sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshirishga qaratilgan fundamental, amaliy va innovasion tadqiqotlarni tashkil etish va o`tkazish sohasida respublikaning etakchi ilmiy-tadqiqot ekspert muassasasi hisoblanadi.

Bu haqida Adliya vazirligining “Huquqiy axborot” kanali ma`lum qildi.

    Boshqa yangiliklar