AsosiyJamiyat

Tibbiy yordam uchun 200 ga yaqin maxsus transportlar xarid qilinadi

'Tibbiy yordam uchun 200 ga yaqin maxsus transportlar xarid qilinadi'ning rasmi

2017 yil davomida sakkiz yarim milliondan ko`proq fuqaroga tez tibbiy yordam tizimi orqali xizmat ko`rsatildi. Uch millionga yaqin bemor stasionar va ambulator sharoitda davolandi. Shu davrda shoshilinch tibbiy yordam tizimida 50 mingdan ziyod bemorga yuqori texnologiyali operasiyalar muvaffaqiyatli o`tkazildi.


Ushbu ko`rsatkich poytaxtimizda bo`lib o`tayotgan “O`zbekistonda shoshilinch tibbiy yordam tizimi:muammolar, yutuqlar va istiqbollar” mavzuida shoshilinch tibbiy yordam tizimi shifokorlarining IV s`ezdida alohida e`tirof etildi. Mazkur tadbirda Sog`liqni saqlash vazirligi, Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi, Respublika shoshilinch tibbiy yordam tizimi shifokorlari assosiasiyasi hamkorligida tashkil etilgan tadbirda mamlakatimizning olim va shifokorlari qatori Rossiya, AQSh, Turkiya, Janubiy Koreya, Germaniya, Isroil kabi dunyoning 15 davlatidan qariyb etmish nafar malakali mutaxassislar ham ishtirok etmoqda.

Unda qayd etilganidek, Davlatimiz rahbarining 2018 yil 25 yanvarda qabul qilingan “Shoshilinch tibbiy yordam tizimini jadal takomillashtirish chora-tadbirlari to`g`risida”gi qarori ushbu yo`nalishda aholiga ko`rsatilayotgan tibbiy xizmatning tezkorligi, sifat va samaradorligini yanada oshirish, kadrlar salohiyatini yuksaltirish, ilm-fan yangiliklarini amaliyotga tatbiq etishda muhim dasturilamalbo`lmoqda. Quvonarli jihati, Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazida o`tgan yili ellik mingdan ko`proq yuqori texnologiyali operasiyalar o`tkazilgan. Jumladan, buyrak va jigar transplantasiyasi amaliyoti yo`lga qo`yilgani tibbiyotimizningmuhim yutug`i bo`ldi.

Tez tibbiy yordam xizmatining moddiy-texnika bazasi ham takomillashib bormoqda. Jumladan, o`tgan yilda tez tibbiy yordam xizmati uchun 1269 ta ixtisoslashtirilgan avtotransport xarid qilindi va hududlarning ushbu texnikaga bo`lgan ehtiyoji to`liq qoplandi, dori-darmon va tibbiy buyumlar bilan ta`minlash 3 barobarga ko`paydi. Ya`ni, bugungi kunda har bir chaqiriq uchun minimal xarajatlar 5000 so`m miqdorida belgilandi. Yana bir e`tiborli jihati, joylardagi tez tibbiy yordam brigadalari va shoshilinch tibbiy yordam muassasalarining avtoparkini takomillashtirish maqsadida 2019 yili yana 200 ga yaqin maxsus transportlar xarid qilish ko`zda tutilgan.

Sog`liqni saqlash vazirligi аxborot xizmati хаbariga ro‘ra, shoshilinch tibbiy yordam tizimi shifokorlarining ikki kunlik s`ezdida tibbiyotimizning muhim yutuqlari va ilg`or tajribalar ommalashtirilishi barobarida, dunyo tibbiyotida erishilayotgan muhim ilmiy-amaliy kashfiyotlar, yangi texnologiyalar hamda ulardan inson salomatligi yo`lida samarali foydalanishga oid qiziqarli ma`ruzalar tinglanadi.

    Boshqa yangiliklar