AsosiyDunyo

Madridda Ebola virusini tashuvchisi sifatida gumon qilingan it yo`q qilindi

Madridda Ebola virusi bilan kasallanish oqibatida vafot etgan ikki ispan ruxoniysini parvarish qilgan hamshiraning iti yo`q qilindi, deya xabar beradi itar-tass.com nashri.

Bir necha kun oldin ushbu hamshira ham Ebola virusini yuqtirib olganlikda gumon qilinib karantin xonasiga joylashtirilgandi. O`tgan haftada unga "Karlos III" kasalxonasidan uyga ketishiga ruxsat berildi.

“Hamshiradan olingan qon tahlil natijalari unga Ebola virusi yo`q ekanini ko`rsatdi. Shu sababli uning kasalxonadan uyga ketishiga ruxsat berildi. Karantinda esa Ebola virusini yuqtirib olganlikda gumon  qilinib yana to`rt kishi saqlanmoqda, ular orasida hamshiraning turmush o`rtog`i ham bor”, deydi OAVga bergan intervyusida Madrid shahar ma`muriyati rahbari muovini Xaver Rodriges.

    Boshqa yangiliklar