AsosiyDunyo

Kanadada zaharlovchi moddalar ortilgan poezd portladi

Uoden aholi punktidan 17 kilometr uzoqlikdagi Saskachevan provinsiyasida zaharlovchi moddalar ortilgan poezd temir yo`l izlaridan chiqib ketib portladi. Bu haqda lenta.ru nashri xabar beradi.

100 dona vagonlarning 26 tasi portlab ketgan. Ma`lum bo`lishicha, ularning portlash sodir bo`lgan vagonlarning 6 tasida zaharlovchi moddalar  4 tasida esa tuz kislotasi va kaustik soda yana 2 tasida esa neft distillyatorlari bo`lgan.

Ayni damda ushbu vagonlardagi zararli moddalar atrofdagi aholi salomatligiga salbiy ta`sir qilmasligi uchun, fojea sodir bo`lgan bo`lgan joyga 8 kilometrgacha hech kim kiritilmayapti. 

    Boshqa yangiliklar