AsosiyJamiyat

O`zbekistonda Toyoko-inn byudjetli yapon mehmonxonalari tizimi paydo bo`ladi

“O`zbekturizm” Milliy kompaniyasi O`zbekistonda Toyoko-inn byudjetli yapon mehmonxonalari tizimini barpo etish bo`yicha kelishuv ishlarini amalga oshirmoqda. Bu haqda Podrobno.uz nashri xabar beradi.

“Sayyohlik mavsumida infrastruktura va ayniqsa mehmonxonalar zimmasiga katta vazifa yuklatiladi. Baz`i holatlarda sayyohlar uchun xonalar etishmovchiligi xolati ham kuzatilmoqda. Shu sababli ham O`zbekiston mehmonxonalar tizimiga chet el invistisiyalarini jalb qilishga intilmoqda. Shu sababli, “O`zbekturizm” bir qator chet el mehmonxona tizimlari vakillari bilan muzokaralar olib bormoqda. Ular qatorida Toyoko-inn biznes-mehmonxonalar tizimi bilan ham muzokaralar amalga oshirilmoqda” deyiladi xabarda.

Ma`lumotlarga ko`ra, yaponiyaliklar O`zbekistonda byudjet mehmonxonalarini yaartish istagida. Barcha mehmonxonalar bir xildagi uslubda bo`ladi.

Aytib o`tish joizki, ushbu mehmonxona tizimi o`zining kadrlar siyosati tizimi bilan ham mashxur. Toyoko-inn mehmonxonasida faqat ayollar faoliyat ko`rsatadi, mehmonxona boshqaruvchilari esa oilali bo`lishlari shart. 

    Boshqa yangiliklar