Zimbabvening Xarare shahrida vabo tufayli favqulodda holat e`lon qilindi, deb xabar berdi Ria.ru nashri.
Epidemiya tobora kengroq tarqab bormoqda. Hozirda yana 20 kishi kasallikdan vafot etgan bo`lsa, 2000 dan ortiq kishida epidemiya alomatlari aniqlangan. Sog`liqni saqlash vazirligi vabo ifloslangan suv ichish natijasida yuqayotganini tasdiqladi.






