AsosiyDunyo

Irlandiya aeroporti xodimlari ish tashladi

'Irlandiya aeroporti xodimlari ish tashladi'ning rasmi

Irlandiyaning Ryanair aviakompaniyasi xodimlari ish tashlashi sababli Germaniyada kompaniyaga tegishli reyslar bekor qilindi, deb xabar bermoqda Ntv.ru nashri.

Hozirda 150 dan ortiq parvozlar vaqtinchalik kechiktirilgan. Buning natijasida esa Frankfurt aeroportida tartibsizliklar kelib chiqmoqda. Agar ahvol shu tarzda davom etsa, Ryanair ishchilar sonini qisqartirishini ma`lum qilgan.

– Bu voqea tufayli biz mijozlarimizning aksariyat qismini yo`qotishimiz mumkin. Bu esa katta iqtisodiy inqirozga olib keladi, – deydi kompaniya mutasaddilaridan biri.

    Boshqa yangiliklar