AsosiyDunyo

Yaponiyadagi zilzila qurbonlari soni ortmoqda

'Yaponiyadagi zilzila qurbonlari soni ortmoqda'ning rasmi

O`tgan haftada Yaponiyaning Xokkaydo orolida yuz bergan zilzila qurbonlari soni yana ortgani to`g`risida ma`lumotlar bor, deya xabar bermoqda Rossiya 24 nashri.

Hozirga kelib halok bo`lganlar soni 44 nafarga etdi. Qutqaruvchilar vayronalar orasidan jasadlarni topishmoqda. Ular orasida 80 yoshli qariya va ayollar ham bor. Bedarak yo`qolganlarni qidirish-qutqarish ishlari hamon davom etmoqda.

– Biz yo`qolganlar omon qolganiga umid qilayotgan edik. Afsuski, jasadlarni topmoqdamiz, – deydi qutqaruvchilardan biri.

    Boshqa yangiliklar