Buxoroda bo`lib o`tgan xalqaro forum ishtirokchilari Buxoro tumanidagi “Madaniyat, Muhammad, Ismat” fermer xo`jaligida bo`lishganida bu erda etishtirilayotgan shirin-shakar qovunlar, asaldek totli uzumlar, olxo`rilar va har biri ellik kilogrammgacha tosh bosadigan oshqovoqni ko`rib chinakamiga hayratda qoldilar, deb yozmoqda "Xalq so`zi" nashri.
“Eringiz jannatning bir bo`lagi. Bizda ayniqsa, Buxoro olusi juda qadrlanadi.Juda mazali. Biz meva-cheva eksporti bo`yicha o`zaro hamkorlikni kengaytirishdan mamnunmiz”, - deydi Eronning “Delta grupp” kompaniyasi vakili Said Abbos Karbosiy.
Ikki kun davom etgan forum davomida AQSh, Hindiston, Belgiya, Fransiya,Turkiya, Eron, Singapur, Isroil singari qator davlatlarning 120 dan ziyod kompaniyalari vakillari “Buxoro-Agro” erkin iqtisodiy zonasida amalga oshiriladigan loyihalar bilan yaqindan tanishdilar, ularga sarmoya kiritish, hamkorlikda zamonaviy issiqxonalar barpo etish, ular uchun metall konstruksiyalar ishlab chiqarishni yo`lga qo`yish, mahsulotni eksportga yo`naltirish kabi maqsadlar ko`zda tutilgan shartnomalar imzoladilar.
Forum Prezidentimiz tomonidan shu yilning 10 iyulida qabul qilingan “Buxoro-Agro” erkin iqtisodiy zonasini tashkil etish chora-tadbirlari to`g`risida”gi qaror ijrosi doirasida tashkil etilgan edi.






