2018 yil 11 sentyabr kuni soat 00:30 larda Toshkent viloyati, Nurafshon shahrida yashovchi fuqaro M. (1972 y.t. erkak) Toshkent shahrining Mirzo Ulug`bek tumani, Osiyo ko`chasidagi «Olam farm» MChJ dorixonasi yonida turgan Suriya fuqarosi M.ga (1992 y.t. erkak) tegishli bo`lgan «Honda Accord» rusumli avtomashinani olib qochgan.
Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar berdi.
11.09.2018 yilda tuman prokuraturasi tomonidan M.ga nisbatan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 267-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.






