AsosiyShou-biznes

Robert Pattinsonning opasi X Factor loyihasidan haydaldi

“Sumerki” sagasining mashxur aktyorlaridan biri bo`lmish Robert Pattinsonning katta opasi 31 yoshli Lizzi Pattinson qo`shiqchi bo`lish istagida Britaniyaning X Factor tanlov loyihasida ishtirok etayotgandi. Biroq 6 oktbyar kuni u loyihadan chetlatildi. Bu haqda 7days.ru  nashri xabar bermoqda.

U loyihada hakam sifatida ishtirok etayotgan prodyuser Saymon Kouell tomonidan jiddiy tanqid ostida loyihani tark etishiga to`g`ri keldi. Ovoz ishlari eshitish ishlari Kouellning hashamatli uyining orqa qismida bo`lib o`tgan.

Lizzi Pattinson unda Bleyk Sheltonning “Don’t Make Me” qo`shig`ini ijro etgan. Biroq uning ijrosi loyiha hakamlarining hech biri tomonidan ma`qullanmagan. Uni X Factordan chetlashtirganliklarini eshitib, Lizzi Pattinson ko`z yoshlarini arang tutib turdi.

“Men qo`shiqchi bo`lishni 15 yoshimdan beri orzu qilardim. Qo`limdan kelgan barcha ishn qildim. Biroq shou davom etishi kerak! O`z vaqtimni maroqli o`tkazdim, bundan juda ham xursandman” deya firk bildirgan Lizzi Pattinson shoudan ketar chog`da. 

    Boshqa yangiliklar