2014 yilning 6 oktyabrida O`zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida Rossiya Federasiyasining Favqulodda va Muxtor elchisi Vladimir Tyurdenev bilan uchrashuv bo`lib o`tdi. Bu haqda O`zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati xabar beradi.
Uchrashuv chog`ida tomonlar turli darajada bo`lib o`tadigan O`zbekiston-Rossiya muloqotlarining jadvali va kun tartibi, shuningdek, hamkorlikning boshqa amaliy masalalari yuzasidan fikr almashildi.
Shu bilan birga ikki tomonlama munosabatlarning shartnomaviy-huquqiy negizini kengaytirish bo`yicha takliflar muhokama qilindi.





