Bugun O`zbekiston hamda Eron milliy terma jamoalari o`rtasida o`rtoqlik uchrashuvi bo`lib o`tadi. Bu O`zbekiston milliy terma jamoasining argentinalik mutaxassis Ektor Kuper qo`l ostidagi ikkinchi o`yinidir.
Bugun terma jamoamiz maydonga oq, Eron esa qizil rangli kiyimda chiqadi. O`rtoqlik o`yini Toshkentdagi “Milliy” stadionida soat 20:00 da boshlanadi.
O`yinni bevosita maydonda kuzatishni istaganlar uchun chiptalar “Milliy” stadionida sotilmoqda.
O`rtoqlik o`yini
11 sentyabr, soat 20:00, Toshkent
O`zbekiston – Eron
Hakamlar: Dmitriy Mashinsev, Bahodir Qo`chqorov va Ismoil Tolibjonov (Barchasi Qirg`izistondan).






