Gollandiyaning Ocean Cleanup kompaniyasi System 001 tozalash tizimini ishga tushirdi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti nashri.
Ushbu tizim Tinch okeanidagi plastik chiqindarni yig`ishga mo`ljallangan.
System 001 600 metrga yaqin suzuvchi barerdir.
U “U” shaklida bo`lib, 2,7 metr suv ostiga kiradi.
System 001 suzib ketish davomida okeandagi plastik chiqindilarni yig`ib ketaveradi.






