O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov 6 oktyabr kuni Andijon viloyatiga amalga oshirgan tashrifi chog`ida viloyat ma`muriy markazidagi bunyodkorlik bilan ishlari bilan yaqindan tanishdi. Bu haqda O`zbekiston Milliy axborot agentligi rasmiy sayti xabar beradi.
Shu bilan birga, Prezident Andijon shahridagi yangi qurilgan Istiqlol ko`chasi va bu erda qad rostlagan zamonaviy binolar bilan tanishdi. Amalga oshirilgan qurilish va rekonstruksiya ishlari natijasida ko`cha so`lim sayilgohga aylangan. Zamonaviy savdo va xizmat ko`rsatish shoxobchalari, favvora va o`rindiqlar bunyod etilib, aholining hordiq chiqarishi uchun keng qulaylik yaratilgan.
“O`zbekiston Prezidenti ko`cha qiyofasini yanada yaxshilash, binolarga bezak berishda ranglar mutanosibligini ta`minlash, yo`l bo`ylarini obodonlashtirish bo`yicha zarur ko`rsatmalar berdi”, – deb yozadi O`zA.
Shunigdek, O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov Andijon viloyatiga tashrifi chog`ida, “Dalvarzin” mahallasidagi yangi uy sohiblaridan biri – Otabek Qobulov xonadonida bo`lib, bu erda yaratilgan qulayliklar bilan tanishdi, xonadon sohiblarining hayoti, orzu-istaklari bilan qiziqdi.
“Dalvarzin” mahallasida ham dehqon bozori, savdo majmuasi, novvoyxona, stadion, bolalar maydonchasi va dam olish joylari qurilgan.





