2018 yilning 8 sentyabr kuni Adliya vazirligining tumanlar (shaharlar) adliya bo`limlari faoliyatiga bag`ishlangan majlisi o`tkazildi.
Videokonferensaloka shaklida tashkil etilgan majlisda vazirlik markaziy apparatining tarkibiy bo`linma rahbarlari, Koraqalpog`iston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari rahbarlari va mas`ul xodimlari hamda tumanlar (shaxarlar) adliya bo`limlari xodimlari ishtirok etdi. Bu haqda Adliya vazirligining matbuot xizmati xabar berdi.
Unda Adliya vazirligining tumanlar (shaharlar) adliya bo`limlarining shu kungacha bo`lgan faoliyati, mavjud muammolar va ularni bartaraf etish bo`yicha kun tartibidan o`rin olgan masalalar muhokama etiladi.
Ma`lumot o`rnida aytish joizki, Davlatimiz rahbarining Farmoni va qaroriga asosan joylarda jami 200 ta tuman (shahar) adliya bo`limlari tashkil etildi. Ularga jami 560 nafar xodim ishga qabul qilindi.
Ushbu adliya bo`limlari fuqarolarga huquqlarini tushuntirish bilan cheklanib qolmay, ularning buzilgan huquqlarini tiklashda ko`maklashmoqda. Aholining viloyat markaziga yuzlab chaqirim yo`l bosib ovora bo`lib borishlariga chek qo`yildi. Boisi avvalari adliyaning quyi tizimi viloyat adliya boshqarmalariga vaqt sarflab borishlariga to`g`ri kelardi. Endi bo`lsa tuman (shahar) adliya bo`limlari tashkil etilgani fuqarolarning muammolarini shu erning o`zida bartaraf etishga imkon yaratdi.
“Respublika — viloyat — tuman — mahalla” prinsipi bo`yicha qonun hujjatlarining mohiyati va ahamiyatini ijrochilarga etkazish va aholining huquqiy ongi va madaniyatini oshirish, huquqni qo`llashda bir xil amaliyotni joriy qilish hamda hokimlarning qarorlarini qonun hujjatlariga muvofiq bo`lishi ta`minlanmoqda.
Eng asosiysi faoliyati yo`lga qo`yilgan tuman (shahar) adliya bo`limlari uchun alohida binolar ajratilib, talab darajasida jihozlandi. Zamonaviy axborot kommunikasiya texnologiyalari bilan ta`minlandi.
Amalga oshirilayotgan islohotlardan tizimli ravishda adliya bo`limlarini xabardor qilib borish, ularda huquqni qo`llash amaliyotini yagonaligini ta`minlash, amalga oshirilgan ijobiy ishlar bo`yicha tajriba almashib borish maqsadida ijtimoiy tarmoqda barcha tuman (shahar) adliya bo`limlaridan iborat yagona tizimi tashkil etildi.

Bundan tashqari, joriy yilning may oyida vazirlikning malakali xodimlaridan iborat tarkibda Ishchi guruhi tuzilib, ular tomonidan Qoraqalpog`iston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalarida ishlarni tashkil etish, hujjat bilan ishlash bo`yicha seminar, master klasslar o`tkazilib, adliya bo`limlari xodimlariga tegishli ko`rsatma va yo`nalishlar berildi.
Tuman (shahar) adliya bo`limlarining ishini to`g`ri tashkil etish hamda yagona amaliyotni shakllantirish maqsadida yo`riqnoma, yangi ishni boshlash bo`yicha 10 ta qo`llanma va hujjatlar namunalari ishlab chiqilib adliya bo`limlariga etkazildi.
Joriy yilning avgust oyida Adliya vaziri o`rinbosarlaridan iborat tarkibda Ishchi guruhi tuzilib, Qoraqalpog`iston Respublikasi Adliya vazrligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari hamda tuman (shahar) adliya bo`limlari tomonidan amalga oshirilgan ishlar, xodimlarining bilimi, salohiyati, oldimizga qo`yilgan vazifalarning mohiyatini tushunganligi, mamalakatda amalga oshirilayotgan islohotlardan xabardorligi o`rganib chiqildi.
Aholiga ko`rsatilayotgan xizmatlarning sifatini yanada oshirish, yaxshi ishlagan, har tomonlama o`rnak bo`lgan tuman adliya bo`limlariga 70 ta xizmat avtomashinalari tantanali topshirildi.
Bo`lib o`tgan majlisda Adliya bo`limlari tashkil etilgan vaqtdan boshlab shu kunga qadar amalga oshirilgan ijobiy ishlar bilan bir qatorda ular faoliyatidagi mavjud kamchiliklar ko`rsatib o`tilib, ularni bartaraf etish, kelgusida yo`l qo`ymaslik masalasi ham muhokama etildi.
Yig`ilishda Surxondaryo viloyatining Denov, Toshkent viloyatining Bo`stonliq, Andijon viloyatining Marhamat, Toshkent shahrining Bektemir tuman adliya bo`limlari qisqa vaqt ichida ijobiy natijalarga erishgani qayd etildi.
Shu bilan birga, yig`ilishda adliya bo`limlari tomonidan faoliyatida qo`pol xato va kamchiliklarga yo`l qo`yib kelinganligi jiddiy tanqid ostiga olindi.
Belgilangan vazifa va topshiriqlarni har bir xodim, vazirdan tortib tizimdagi oddiy xodimgacha mas`uliyatni chuqur xis qilishi lozimligi, bunda hech kim, na rahbar yoki oddiy xodim chetdan turib kuzatib turishga haqqi yo`qligi, bunga yo`l qo`yilmasligi, yuklatilgan vazifa va topshiriqlarni vijdonan bajarishi shartligi alohida ta`kidlandi.
Yig`ilishda faoliyatida kamchiliklarga yo`l qo`ygan, ishiga mas`uliyatsizlik bilan yondoshgan 28 nafar adliya bo`limlarining xodimlari (shundan 15 nafari tuman adliya bo`limlari boshliqlari) lavozimidan ozod etildi.
Adliya boshqarmalari tomonidan yuklatilgan vazifalar ijrosini ta`minlashga hamda tuman (shahar) adliya bo`limlarining ish faoliyatlarini to`g`ri tashkil etishga, faoliyatini muvofiqlashtirib ularga uslubiy rahbarlik qilishga mas`uliyatsizlik bilan qaralayotganligi, ba`zi hududlarda adliya bo`limlarining faoliyati o`z holiga tashlab qo`yilganligi, ko`rsatib o`tildi. Faoliyatida kamchiliklarga yo`l qo`yganligi uchun hududiy adliya boshqarmalarining 25 nafar xodimlariga hayfsan e`lon qilindi, 29 nafar xodim ogohlantirildi.
Yig`ilish so`ngida Adliya vaziri:
1. Har bir adliya xodimi ish faoliyatida “fuqarolar adliya idoralari faoliyatidan rozi bo`lishi kerak” degan tamoyilga qat`iy va og`ishmay amal qilishi, Adliya organlari va muassasalari xodimlari “kamtar bo`lib, xalqimiz oldida qo`li ko`ksida bo`lib xizmat qilishi lozim”ligi;
2. Hududiy adliya organlari rahbarlari “tuman-shahar adliya bo`limlari bizning yuzimiz” tamoyiliga qat`iy rioya etishi va uni amalda ro`yobga chiqarish choralarini ko`rishi;
3. “Har bir davlat xizmatchisi har kuni o`zining mehnati bilan egallab turgan lavozimiga loyiqligini isbotlashi shart” degan qoidani ro`yobga chiqarishga alohida e`tibor qaratishi hamda o`z faoliyatida ustuvor vazifa sifatida belgilab olishi zarurligini qayd etdi.






