AsosiyShou-biznes

Charli Shin qo`l ko`targan stomatolog yordamchisi uni sudga berdi

Yodingizda bo`lsa, 2 oktyabr kuni gollivud aktyori Charli Shinning stomotolog shifokoriga pichoq bilan tashlanganligi hamda uning yordamchi hamshirasini urib yuborgani haqida xabar bergan edik.

3 oktyabr kuni esa hamshira Margarita Palestino aktyorni sovuq qurol bilan hujum qilish va ma`naviy, ruhiy zarar etkazganlikda ayblab, sudga berdi. Bu haqda ko`plab internet nashrlari qatorida www.spletnik.ru nashri xabar bermoqda. 

Gap shundaki, Charli Shin absessni davolash uchun stomatolog huzuriga borishga qaror qilgan. Biroq, oradan biroz vaqt o`tib, u fikrini o`zgartirib qoldi hamda niqob taqish niyatida unga yaqinlashgan hamshirani urib yuboradi.

Keyinchalik ma`lum bo`lishicha, Charli Shinning shahsiy qo`riqchisi voqea guvohlariga tartibsizlik va noqulaylik uchun 500 AQSh dollari miqdorida pul bergan. Ayni damda Shin ham uning administratori ham sud ishlari bilan bog`liq voqealarga izoh bermagan. Polisiya vakillarining fikrlariga ko`ra, aktyor narkotik moddalarni iste`mol qilish oqibatida ana shunday “noodatiy” holatarga tushib qolmoqda.

Voqealar rivojini kuzatamiz.

    Boshqa yangiliklar