Jxalan qo`riqxonasida uysiz it och leopardni chekinishga majbur qildi, deb xabar qildi Ren.tv nashri.
Jimgina yotgan it leopardning pisib kelayotganini payqamaydi. Och qolgan leopard sapchib chiqib itga tashlanadi. Hurkib ketgan it o`rnidan qo`zg`aladi-yu, ammo qochib ketmaydi. Aksincha norozilik bilan vovullagancha, leopardni chekinishga majbur etadi.






