Britaniyalik bir yigit guldastani tutib olgan kelinning dugonasidan qochib qutuldi, deya xabar qildi Daily Mail nashri.
Kettering shahrida Chelsi va Mett Bestning to`yida kelin dugonalariga orqa o`girib, guldastani irg`itadi. Ularning orasida Reychel Besli chaqqon chiqib qoladi va guldastani tutib oladi. Ammo qizning sevgilisi o`sha zahotiyoq oyog`ini qo`lga olib qochib qoladi va barchani kuldiradi.






