Sankt-Peterburg shahridagi ko`p qavatli uylardagi xonadonlardan birida yong`in sodir bo`ldi, deya xabar qilmoqda Layf nashri.
Yong`in ko`p qavatli uylarning sakkizinchi qavatidagi kvartirada sodir bo`ladi. Zudlik bilan etib kelgan o`t o`chiruvchilar darhol ishga kirishadilar. Ammo kvartira sohibi bo`lgan yigit qutqaruvchilarni kutib turolmadi. U o`t o`chiruvchilarning ko`z o`ngida sakkizinchi qavatdan pastga sakraydi va o`sha zahotiyoq vafot etadi.






