Janubiy Afrika Respublikasida bir sayyoh suvga tushib ketgan antilopani qutqarib qoldi, deb xabar bermoqda Daily Mail nashri.
Antilopa suv bo`yida qimirlamay o`tirardi. Ko`p o`tmay jonivor suvga sirpanib tushib ketadi. Shu zamon qayoqdandir turist mashinasida kelib, oyoq kiyimlarini echadi-da, suvga tushib, jonivorning joniga oro kiradi.
Qutqarib qolingan antilopa birmuncha fursat o`rnidan turolmaydi, ammo tez orada oqsagancha chopqillab ketadi.






