O`zbekistonlik FIFA referisi Valentin Kovalenko 10 oktyabr kuni bo`lib o`tadigan Janubiy Koreya va Paragvay terma jamoalari o`rtasidagi o`rtoqlik uchrashuvini boshqarib borish uchun taklif oldi. Bu haqda O`zbekiston Futbol federasiyasi rasmiy sayti xabar beradi.
Uchrashuvda Kovalenkoga qanotlarda o`zbekistonlik FIFA laynsmenlari Jahongir Saidov va Ma`mur Saidqosimovlar yordam berishadi. Janubiy Koreya - Paragvay uchrashuvi 10 oktyabr kuni Seul shahrida bo`lib o`tadi.
FIFA referisi Vladislav Seytlin boshchiligidagi o`zbekistonlik yana bir hakamlar brigadasi esa huddi shu kuni bo`lib o`tadigan BAA hamda Avstraliya terma jamoalari o`rtasidagi xalqaro o`rtoqlik o`yinini boshqarib borishadi.
Ushbu uchrashuv 10 oktyabr kuni BAAning Abu-Dabi shahrida o`tkazilishi rejalashtirilgan. Qayd etish joiz, 14 oktyabr kuni Abu-Dabida O`zbekiston milliy terma jamoasi BAA terma jamoasiga qarshi o`rtoqlik uchrashuvida maydonga tushadi.
Aytish joizki, Ravshan Ermatov boshchiligidagi o`zbekistonlik hakamlar brigadasi 6-23 oktyabr kuni Myanmada bo`lib o`tadigan U-19 yoshlar o`rtasidagi Osiyo Chempionati bahslarida hakamlik qiladi.





