AsosiyJamiyat

Milliy Olimpiya qo`mitasi Alisher Usmonovni tug`ilgan kuni bilan tabrikladi

'Milliy Olimpiya qo`mitasi Alisher Usmonovni tug`ilgan kuni bilan tabrikladi'ning rasmi

O`zbekiston Milliy Olimpiya qo`mitasi Alisher Usmonovni 65 yoshi bilan tabrikladi.

“Bugun, 9 sentyabr kuni Xalqaro qilichbozlik federasiyasi Prezidenti, vatandoshimiz Alisher Usmonov o`z tavallud ayyomini nishonlamoqda. O`zbekiston Milliy olimpiya qo`mitasi nomidan Alisher Burxanovichni qutlug` 65 yoshi bilan muborakbod etamiz.

Alisher Usmonovning jahon sporti taraqqiyoti, Olimpiya harakati rivojida tutgan o`rni beqiyos. Shuningdek, u kishi O`zbekistonda nafaqat sport va ijtimoiy soha, balki, mamlakat iqtisodiyoti rivojiga ham o`z hissasini qo`shib kelmoqda. Biz buni yuksak qadrlaymiz va chuqur minnatdorchiligimizni izhor qilamiz.

Shu bilan birgalikda Alisher Burxanovichning O`zbekistonda qilichbozlik sport turini rivojlantirish, Respublikamizdagi eng katta stadion «Paxtakor» arenasini tubdan rekonstruksiya qilish va qayta qurish ishlariga bosh-qosh bo`layotganligi bu insonning qay darajada vatanpavar ekanligidan darak beradi.

Hurmatli Alisher Burxanovich! Bugungi shodiyona kunda Sizga mustahkam sog`liq, uzoq umr, ishlaringizga rivoj tilaymiz. O`zbekiston taraqqiyoti yo`lida hormay-tolmay uzoq yillar mehnat qilishingizni, kasbiy faoliyatingizda esa ulkan muvaffaqiyatlar tilab qolamiz. Biz sizdek vatandoshimiz bilan faxrlanamiz!”, - deyilgan tabriknomada.

    Boshqa yangiliklar