AsosiyDunyo

O`zbek palovi – dunyoning eng yaxshi ko`cha taomlari o`nligida

'O`zbek palovi – dunyoning eng yaxshi ko`cha taomlari o`nligida'ning rasmi

Britaniyaning nashri o`zbek palovini dunyoning eng yaxshi ko`cha taomlari o`nligiga kiritdi.

«O`zbekistonda palov o`choqda tayyorlanadi. Asosiy masalliqlari: guruch, go`sht va sabzavotlar. Toshkent markazidagi bozorda bizga bu taomni tovoqda tortiq qilishdi. Bu o`zbeklarning mehmondo`stligini, bag`rikeng xalq ekanini anglatadi», – deyiladi «The Guardian» gazetasida chop etilgan maqolada.

Eng yaxshi ko`cha ovqatlari orasidan Tayvan, Fransiya, Sloveniya, Ruminiya, Bangkok, Kambodja, Katmandu, Meksika va Chili ko`chalarida tayyorlanadigan taomlar ham joy olgan.

    Boshqa yangiliklar