AsosiyJamiyat

Samarqandda Vebster universitetining magistraturasi ochiladi

'Samarqandda Vebster universitetining magistraturasi ochiladi 'ning rasmi

Samarqand Davlat chet tillar institutida Amerika Qo`shma Shtatlarining Vebster universitetiing magistraturasi ochiladi, deb xabar qilmoqda viloyat hokimligi matbuot xizmati.

Dunyo reytingida salohiyatli kadrlar etkazib berish darajasiga ko`ra yuqori o`rinlarda turuvchi ushbu xorij universiteti bilan o`zaro hamkorlikda bir qator istiqbolli loyihalarni amalga oshirish, malakali mutaxassislar tayyorlashga erishish bo`yicha dastlabki aloqalarga kirishilganiga ko`p vaqt bo`lgani yo`q.

Joriy yilning may oyida Vebster universiteti professor olimlari ilk bor ko`hna kentga tashrif buyurgan bo`lsa, iyul oyi oxirida samarqandlik olimlar Amerikada bo`lib, hamkorlik yuzasidan kelishuvlarga erishdi.

Mazkur universitet vise-prezidenti Piter Maxer va chet tili fakulteti dekani doktor Dje Kayzerning bu galgi tashrifi ham ishchan ruhda o`tdi. Tadbirda tomonlar mazkur hamkorlik aloqalarining ikki tomon uchun foydali ekanligini qayd etishdi.

Tashrif davomida mehmonlar SamDChTI o`qituvchilari bilan seminar-trening o`tkazib, sohaga doir ilg`or tajribalarini o`rtoqlashdi. Yaqin kelajakda Vebster universiteti talabalari uchun Samarqandda qisqa muddatli “O`zbek tili va madaniyati” o`quv kurslarini tashkil qilish, amerikalik professor-o`qituvchilarni institutning o`quv jarayonlariga jalb etish masalalari yuzasidan kelishib oldilar.

    Boshqa yangiliklar