Xalq deputatlari Toshkent shahar kengashi sentyabr oyi oxiridagi majlisida ikki yangi ko`cha, bir maydon va bir qator tor- hamda berkko`chalarning nomlarini tasdiqladi. Bu haqda Gazeta.uz nashri xabar beradi.
Toshkent shahrining Shayxontohur va Olmazor tumanlarini bog`lovchi va Mustaqillik bayrami arafasida foydalanishga topshirilgan yangi aylanma yo`l (loyihadagi G-50 ko`chasi) Nurafshon nomini oldi.
Mirzo Ulug`bek tumanidagi boshqa bir yangi ko`chaga, joydagi daha va mahalla nomi bilan uyg`un tarzda Humoyun nomi berildi. Deputatlar qaroriga asosan, Shayxontohur tumanidagi sobiq «Ganga» savdo majmuasi oldidagi maydon esa Gulzor deb nomlangan.
Uchtepa tumanidani sakkizta yangi ko`chaga Izza 13-20-torko`chalari nomi berilgan, yangi berkko`cha esa Izza berkko`chasi deb atalgan.Sergeli tumanidagi ettita yangi ko`cha esa Lutfkor 4-10-tor ko`chalari, Mirzo Ulug`bek tumanidagi ettita yangi ko`cha Humoyun 1-7-tor ko`chalari, xuddi shu tumandagi yangi olti ko`cha esa Ne`mat 1-6-tor ko`chalari deb atalgan.





