6 sentyabr kuni Jizzax viloyat hokimligida g`alla topshirish shartnomasini ortig`i bilan bajargan fermerlar “Lacetti” avtomashinalari bilan taqdirlandi. Bu haqda Jizzax viloyat hokimligi axborot xizmati xabar berdi.
Joriy yilgi mavsumda viloyat fermerlari 260 ming tonnadan ortiq g`allani mamlakat xirmoniga qo`shdi. Bu jarayonda ilg`orlik ko`rsatgan Do`stlik va Mirzacho`l tumanidan 6 ta, Zafaroboddan 5 ta, Sharof Rashidov tumanidan 1 ta, Paxtakor tumanidan 2 ta fermer xo`jaligiga 20 ta “Lacetti” rusumli avtomashina topshirildi. Avtomashinalar imtiyozli to`lov shartlari asosida taqdim qilindi.
“Bunday rag`batlantirishlar bizni yanada ko`proq mehnat qilishga undaydi. 55 gektar erdan 145,5 tonna g`allani shartnomadan ziyod qilib bajarganimiz uchun avtomashinaga ega bo`ldik. Paxta xirmoniga ham munosib ulush qo`shishga harakat qilamiz”, – dedi mirzacho`llik fermer Nurbek Bozorboev.






