AsosiyJamiyat

International Hotel Tashkent Hilton mehmonxonalar tizimi boshqaruviga o`tadi

Hilton Xalqaro mehmonxonalar tizimi 2015 yilning o`rtalarida International Hotel Tashkent mehmonxonasining boshqaruvini o`z qo`liga oladi. Bu haqda Podrobno.uz nashri xabar beradi.

Ma`lumotlarga qaraganda, mehmonxonani yangi egasiga taqdim etish bilan bog`liq ishlar davom etmoqda. Ayni damda International Hotel Tashkent mehmonxonasidagi qulayliklar Hilton mehmonxonalar tizimiga mos ravishda bo`lishini ta`minlash maqsadida ta`mirlash ishlari boshlab yuborilgan.

Ta`mirlash ishlari olib borilayotganiga qaramay International Hotel Tashkent mehmonxonasi mamlakatimizdagi yagona “besh yulduzlik” mehmonxona sifatida avvalgidek yurtimiz mehmonlarga xizmat ko`rsatishda davom etmoqda.  

    Boshqa yangiliklar