AsosiyJamiyat

Samarqanddagi maktabga Lyusen Keren nomi berildi

'Samarqanddagi maktabga Lyusen Keren nomi berildi'ning rasmi

Samarqand shahridagi fransuz tiliga ixtisoslashgan 43-umumta`lim maktabi endilikda fransiyalik temurshunos olim, professor Lyusen Keren nomi bilan ataladi, deb xabar bermoqda O`zA.

8 sentyabr kuni mazkur ta`lim muassasasida o`tkazilgan tadbirda O`zbekiston Respublikasi Xalq ta`limi vaziri Sherzod Shermatov, Fransiyaning O`zbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi Violan de Vilmor xonim va Inson huquqlari bo`yicha O`zbekiston Respublikasi milliy markazi direktori Akmal Saidov ishtirok etib, Lyusen Kerenning Amir Temur va temuriylar davlatchilik tarixini o`rganish hamda targ`ib etish borasidagi xizmatlari haqida so`z yuritdi.

photo5233214485794236792.jpg

Evropa temurshunosligida fransuz olimlari hamisha oldingi o`rinda turgan. Bu borada professor Lyusen Keren (1920-2013)ning alohida o`rni bor. Taniqli olim 1978 yilda “Amir Temur saltanati” nomli asarini chop etgan. 1996 yilda A.Saidov bilan hammualliflikda tayyorlagan “Amir Temur va Fransiya” risolasi o`zbek tilida nashr qilingan. 2006 yilda Sohibqiron Amir Temur tavalludining 670 yilligi munosabati bilan Parijda “Samarqandga, Amir Temur davriga sayohat” fundamental tadqiqot asarini yaratgan.

Lyusen Keren tashabbusi bilan Parijda tashkil etilgan Temuriylar tarixi va madaniyatini o`rganuvchilar assosiasiyasi bugun ham samarali faoliyat ko`rsatmoqda.

Mehmonlar muassasada yaratilgan shart-sharoitlar, o`quv jarayonlari bilan tanishdi. Violan de Vilmor xonim maktab o`qituvchilari va o`quvchilarga Lyusen Keren va boshqa fransuz olimlari asarlari, badiiy adabiyotlarni sovg`a qildi.

    Boshqa yangiliklar