AsosiyDunyo

Qozog`istonda polisiyachi o`z komandirini otib qo`ydi

'Qozog`istonda polisiyachi o`z komandirini otib qo`ydi  'ning rasmi

Qozog`istonning Chapaevo qishlog`ida polisiya serjanti o`z komandirini tuman ichki ishlar bo`limi hovlisida otib qo`ydi, deb xabar qildi RIA Novosti.

Nashr xabariga ko`ra, baxtsiz hodisa 7 sentyabr kuni ro`y bergan.

"Akjaik tumani Chapaevo qishlog`ida ichki ishlar bo`limi hududida 1994 yilda tug`ilgan polisiya serjanti, 1986 yilda tug`ilgan vzvod komandirini otib qo`ygan. Komandir olingan jarohatdan vafot etgan", - deyilgan mahalliy polisiya xabarida.

Ushbu holat yuzasidan jinoiy ish qo`zg`atilgan. Hodisa tafsilotlari o`rganilmoqda.

    Boshqa yangiliklar