AsosiySport

Prezident sovrini Sherali Jo`raevga nasib etdi

'Prezident sovrini Sherali Jo`raevga nasib etdi'ning rasmi

Kecha, 6 sentyabr kuni poytaxtimizda kurash bo`yicha O`zbekiston Respublikasi Prezidenti sovrini uchun xalqaro musobaqa g`olib va sovrindorlari aniqlandi.

Bahslar mutlaq vazn toifasida tashkil qilindi. Jahonning 40 ga yaqin mamlakatidan polvonlar ishtirok etgan musobaqa finaliga ikki nafar o`zbekistonlik kurashchi etib bordi. Bekmurod Oltiboev va Sherali Jo`raev o`rtasidagi final bellashuvida Sherali Jo`raevning qo`li baland kelib, u musobaqa g`olibiga aylandi.

Sherali oltin medal bilan birga musobaqa g`olibi uchun atalgan 50 000 AQSh dollari miqdoridagi mukofot puliga ham ega chiqdi. Ikkinchi o`rin sohibi Bekmurod Oltiboevga 25 000 AQSh dollari nasib qildi. Bronza medalini qo`lga kiritgan sportchilar Aslan Kambiev (Rossiya) va Temur Rahimov (Tojikiston) esa 10 000 AQSh dollari bilan ketadigan bo`lishdi. Shuningdek, 5-8 o`rinni qo`lga kiritgan sportchilarga 1250 AQSh dollari miqdorida mukofot topshirildi.


    Boshqa yangiliklar