AsosiyJamiyat

Oliy ta`lim muassasalarida masofaviy o`qitish yo`lga qo`yiladi

'Oliy ta`lim muassasalarida masofaviy o`qitish yo`lga qo`yiladi'ning rasmi

Korporativ, loyiha boshqaruvi va davlat xaridlari sohasida kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini takomillashtirish bo`yicha qo`shimcha chora-tadbirlar to`g`risidagi Prezident qarori qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligining "Huquqiy axborot" kanali xabar bermoqda.

Qarorga muvofiq, Loyiha boshqaruvi milliy agentligi huzuridagi Korporativ boshqaruv ilmiy-ta`lim markazining nomi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi qoshidagi Abu Rayhon Beruniy nomidagi Biznes va boshqaruv respublika oliy maktabi deb o`zgartirildi.

Biznes va boshqaruv oliy maktabi sohada etakchi xorijiy ta`lim muassasalari bilan ularning o`quv rejalari va dasturlari asosida magistratura dasturlari yuzasidan “ikki diplom” (double degree) modeli bo`yicha o`qishni tashkil etish borasida kelishuvlar tuzish, ishlab chiqarishdan ajralmagan holda magistraturada o`qishni tashkil etish, shuningdek, o`z dasturlari bo`yicha o`qish uchun nomzodlarni tanlab olish mezonlarini belgilash huquqlariga ega.

Shuningdek, qarorda 2018 yil 1 oktyabrga qadar oliy ta`lim muassasalarida, oliy o`quv yurtidan keyingi ta`lim, kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish muassasalarida masofaviy o`qitishni amalga oshirish tartibi to`g`risidagi nizomning ishlab chiqilishi belgilangan.

Bundan tashqari, 2018 yil 1 noyabrga qadar Biznes va boshqaruv oliy maktabiga o`qishga qabul qilish va o`qitishni tashkil etish, professor-o`qituvchilar tarkibini tanlab olish tartibi to`g`risidagi nizomlarning ishlab chiqilishi ham nazarda tutilgan.

    Boshqa yangiliklar