AsosiyJamiyat

GM Uzbekistan 30 mingga yaqin avtomobilni sotuvga qo`ydi

'GM Uzbekistan 30 mingga yaqin avtomobilni sotuvga qo`ydi'ning rasmi

GM Uzbekistan AJ sentyabr oyida shartnoma tuzadigan xaridorlarga noyabr oyida avtomobil olish uchun 29 314 dona shartnomalar mavjudligi haqida xabar qildi.

Shundan – 3 523 dona Damas, 680 dona Labo, 108 dona Matiz, 2 145 dona Spark, 7 889 dona Nexia, 8 173 dona Cobalt, 5 522 dona Lacetti, 996 dona Malibu, 278 dona Captiva.

"Har bir mijoz «GM Uzbekistan» AJ saytida kunlik tuzilgan shartnomalar ro`yxatini tekshirib borishi, shuningdek avtosalonlarda shartnoma tuzish uchun mavjud avtomobillar ro`yxati bilan modellar va dilerlik korxonalar kesimida tanishib borishi mumkin", deyiladi xabarda.

Barcha ma`lumotlar kunlik tarzda yangilanib boriladi va kelasi kunning soat 09:00gacha faol sanaladi. Dilerlik korxonalarida mavjud avtomobillar kun davomida shartnoma tuzilgan avtomobillarga qarab o`zgarib borishi mumkin.

Qo`shimcha savollar yuzaga kelgan taqdirda kompaniyaning Call-markaziga murojaat qilish mumkinligi aytib o`tilgan.

    Boshqa yangiliklar