AsosiyJamiyat

Fransiyaning Xalqaro moda akademiyasi bilan hamkorlikda mutaxassislar tayyorlanadi

'Fransiyaning Xalqaro moda akademiyasi bilan hamkorlikda mutaxassislar tayyorlanadi 'ning rasmi

Oliy va o`rta maxsus ta`lim vaziri I.Majidov va Fransiyaning Parij shahridagi Xalqaro moda akademiyasi (AICP)ning loyiha va innovasiya bo`yicha direktori A.Karin o`rtasida uchrashuv bo`lib o`tdi, deb xabar berildi vazirlikning rasmiy telegram kanalida.

Uchrashuvda dizayn va tikuvchilik sohasi bo`yicha pedagog-kadrlar tayyorlash va ularning malakasini oshirish bo`yicha hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi.

Olib borilgan muzokaralar natijasida Parij shahridagi Xalqaro moda akademiyasi bilan hamkorlikdagi qo`shma dasturlar asosida moda va dizayn sohasida malakali mutaxassislar tayyorlash bo`yicha kelishuvga erishildi.

    Boshqa yangiliklar