Toshkent shahar Uchtepa tumanida Toshkent halqa avtomobil yo`lida joylashgan «Maxsustrans» hududidagi tomga yopiladigan rulonli material — qoraqog`oz ishlab chiqarish sexida yong`in sodir bo`ldi, deb xabar bermoqda Toshkent shahar IIBB.
IIBB Yong`in xavfsizligi boshqarmasi Kuch va vositalarni boshqarish markaziga yong`in haqida 6 sentyabr kuni 16:14 da xabar kelib tushgan. 16:18 da voqea joyiga IIBB YoXBning 4 ta jangovar otryadi etib kelgan. Yong`in 16:36 da to`liq bartaraf etilgan.
Yong`in oqibatida «Gazel» rusumidagi avtomashina, mahsulotlarning va sex binosining bir qismi yonib ketgan. Bir kishi kichik kuyish jarohatlarini olgan. Qurbonlar yo`q. Yong`in sababi aniqlashtirilmoqda.







