AsosiyJamiyat

Toshkentdagi qabristonda qotillik alomatlari bo`lgan jasad topildi

'Toshkentdagi qabristonda qotillik alomatlari bo`lgan jasad topildi'ning rasmi

5 sentyabr kuni soat taxminan 14:00 da Toshkentning Shayxontohur tumanidagi «Shayx Zayniddin» qabristoni ichida E.M. ismli 1975 yilda tug`ilgan erkak kishining murdasi qotillik alomatlari bilan topildi. Bu haqda O`zbekiston prokuraturasi ma`lum qildi.

Sud-tibbiyot ekspertizasining dastlabki ma`lumotnomasiga ko`ra, E.M. ning o`limi bo`yin a`zolarining to`liq shikastlanishlariga, bo`yin umurtqalarining sinishlariga va orqa miyaning to`liq uzilishiga olib kelgan bo`yin oldi yuzasi kesilgan yarasi va bo`yin orqa yuzasi kesilgan-chopilgan yarasi, chap elka sohasi qontalashi, o`tkir qon yo`qotish, shuningdek ichki a`zolarining kam qonligidan kelib chiqqan.

Mazkur holat yuzasidan 05.09.2018 yilda Toshkent shahar prokuraturasi tomonidan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 97-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan.

Dastlabki tergov davomida 23.12.1974 yilda tug`ilgan B.K. 05.09.2018 yilda jinoyat ishi bo`yicha gumon qilinuvchi tariqasida jalb qilinib, O`zbekiston Respublikasi Jinoyat-prosessual kodeksining 221-moddasi tartibida ushlangan.

Jinoyat ishi yuzasidan tergov harakatlari davom etmoqda.

    Boshqa yangiliklar