AsosiySport

O`zbekiston milliy terma jamoasi o`rtoqlik uchrashuvida Suriya bilan durang qayd etdi

'O`zbekiston milliy terma jamoasi o`rtoqlik uchrashuvida Suriya bilan durang qayd etdi'ning rasmi

O`zbekiston milliy terma jamoasi “Milliy” stadionda Suriya terma jamoasiga qarshi o`rtoqlik o`yini o`tkazdi. O`yin 1:1 hisobidagi durang bilan o`z yakuniga etdi.

62-daqiqada terma jamoamiz hujumchisi Marat Bikmaev penaltidan gol kiritib, hisobni ochdi. Shundan so`ng terma jamoamiz vakillarida gol kiritish uchun yana imkoniyatlar yuzaga keldi. Ammo ulardan foydalana olishmadi. 78-daqiqada Suriya terma jamoasi sardori Omar al-Soma Nesterov qo`riqlayotgan darvozani ishg`ol qila oldi va hisobni tenglashtirdi.

O`yin 1:1 hisobidagi durang bilan o`z yakuniga etdi. Keyingi uchrashuvni O`zbekiston milliy terma jamoasi 11 sentyabr kuni Eronga qarshi o`tkazadi.

    Boshqa yangiliklar