G`arbiy Yorkshirda istiqomat qiluvchi bu bolakayni hamma “akula” deb chaqiradi. Zak Braunning tishlari bir qarashda hech kimnikidan farq qilmaydi, biroq unga yaxshilab qarasangiz, tishlari bir qatorda emas, balki ikki qatorda o`sayotganini ko`rib lol qolishingiz turgan gap.
Albatta, ikki qatorlik tishlarni tozalash ko`p vaqt oladi, stomatologning huzuriga ham ikki marta ko`proq borishga to`g`ri keladi. Biroq bu Zakni qo`rqitmaydi. Eng qizig`i shundaki, uning sut tishlari garchi u 8 yoshga to`lgan bo`lsa-da, tushganicha yo`q.
Zak uni “akula” deb chaqirishlarini istamaydi va uni shu tarzda chaqiradiganlarga qarata bir gapni doim takrorlaydi: “Bundan mo``jizalar har kim bilan ham sodir bo`lavermaydi, buni to`g`ri qabul qilishlarini istardim”...





