Bosh prokuratura tomonidan Toshkent shahar Savdo departamenti, xizmatlar ko`rsatish va xalq iste`moli tovarlarini ishlab chiqarish sohasidagi korxonlar va «Bek to`pi savdo kompleksi», «Chorsu buyum savdo kompleksi», «Chilonzor buyum savdo kompleksi», «O`rikzor savdo kompleksi» AJ bozorlari, «Eski Juva dehqon bozori», «Yunusobod dehqon bozori» va «Sergeli avtotransport va ehtiyot qismlari bozori» dehqon bozorlari mansabdor shaxslariga nisbatan jinoyat ishi tergov qilinmoqda.
2018 yil 23 avgust kuni internet tarmog`ining qator saytlarida piyoz chirishi holati yuzasidan qo`zg`atilgan jinoyat ishi doirasida Toshkent shahridagi bozorlarning 11 dan ortiq rahbarlarining ushlanganligi yuzasidan maqolalar e`lon qilingan.
Ta`kidlash joizki, jinoyat ishi iqtisodiyot asoslariga qarshi qator jinoyatlar sodir etgan 7 ta bozorning rahbarlariga nisbatan qo`zg`atilgan. Xususan:
– sifatsiz mahsulotlar xarid qilish va ularning buzilishiga yo`l qo`yish orqali davlatga 27,7 mlrd. so`m miqdorida zarar etkazish;
– bozorlar hududida pullik xizmatlar ko`rsatish natijasida kelib tushgan 3 mlrd. so`mdan ortiq pul mablag`larini inkassasiya qilmaslik orqali o`zlashtirish;
– hisobga olinmagan va noqonuniy qurilmalar (omborxonalar va engil tuzilmalar) faoliyatidan kelib tushgan 2 mlrd. so`mdan ortiq pul mablag`larini o`zlashtirish;
– savdo nuqtalari faoliyatidan kelib tushgan 1 mlrd. so`mdan ortiq davlat mablag`larini ijara to`lovlarini topshirmaslik orqali talon-toroj qilish;
– savdo nuqtalarini realizasiya qilish natijasida tadbirkorlardan 2 dan 5 ming AQSh dollari miqdorigacha noqonuniy pul mukofotlarini olish.
Mazkur holatlar yuzasidan Savdo departamenti va bozorlarning mansabdor shaxslariga nisbatan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 167-moddasi 3-qismi «a» bandi bilan ayb e`lon qilinib, qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo`llanilgan.
«Yunusobod dexkon bozori» AJ rahbarlari O.Mustaev va B.Yusupovlar tomonidan etkazilgan 800 mln. sum atrofidagi zarar, shuningdek «Toshkent ozik-ovkat zaxira» DUK direktori R.Rasulov tomonidan etkazilgan 3,9 mlrd. sum atrofidagi zararning to`langanligini inobatga olgan holda ularga nisbatan qo`llanilgan ehtiyot chorasi ozodlikdan mahrum qilish bilan bog`liq bo`lmagan ehtiyot chorasiga o`zgartirildi.
Jinoyat ishi bo`yicha tergov harakatlari davom ettirilmoqda.






