AsosiyJamiyat

Toshkent IIBB: bolani tizzasiga o`tqazib, mashina boshqargan ayolga chora ko`riladi

'Toshkent IIBB: bolani tizzasiga o`tqazib, mashina boshqargan ayolga chora ko`riladi'ning rasmi

Facebook‘da kichkina bolani tizzasiga o`tkazib, mashina haydab ketayotgan ayol videosi keng tarqaldi. Ushbu video internet foydalanuvchilarining tanqidiga uchrab, qizg`in muhokamaga sabab bo`ldi.

Videoga olayotgan haydovchi ayolga “uyat emasmi” deb tanbeh bildiradi. Ayol esa unga keskin e`tiroz bildirib, mashinani boshqarishni davom etadi.

Toshkent shahar IIBB xabariga ko`ra, bolani tizzasiga o`tqazib, mashina boshqargan ayolga nisbatan choralar ko`riladi.

Ayni vaqtda maxsus xodimlar ayolning shaxsini aniqlash bilan shug`ullanmoqda.

Ushbu ayol tomonidan sodir etilgan huquqbuzarliklarga kelsak: Birinchidan, Yo`l harakati qoidalariga muvofiq 12 yoshga to`lmagan bolalarni motosiklning orqa o`rindig`ida yoki avtomobilning old o`rindig`ida olib yurish taqiqlanadi (bolalarga mo`lajallangan maxsus o`rindiqli holatlar bundan mustasno). Bu videoda O`zbekiston Ma`muriy javobgarlik kodeksining 128-moddasi buzilgani aniqlangan. Agar bu qoidabuzarlik birinchi marta sodir etilgan bo`lsa, ayolga nisbatan eng kam ish haqining ikkidan bir qismi miqdorida jarima solinishi mumkin.

Bundan tashqari, videodan ayolning avtomobilni xavfsizlik kamarani taqmay boshqargani payqalgan. Shu sabab unga nisbatan Ma`muriy javobgarlik kodeksining 125-moddasiga ko`ra, eng kam ish haqining beshdan bir qismi miqdorida jarima solinishi mumkin.

Toshkent IIBB tomonidan haydovchilarni avtotransport vositalarni boshqarayotganda voyaga etmagan bolalarni tizzaga o`tqazmaslik, farzandlarni asrash, yo`l harakat qoidalarini buzmaslik hamda mashinada bolalarni maxsus o`rindiqlarda olib yurish bo`yicha tavsiyalarga qat`iy rioya qilish so`ralgan.

    Boshqa yangiliklar