1 oktyabr kuni Samarqandda BMTning Jahon Sayyohlik tashkiloti ijroiya kengashining 99-sessiyasi o`z ishini boshladi.
Ushbu xalqaro forumda BMTning Jahon Sayyohlik tashkilotlari vakillari ishtirok etishadi. Bundan tashqari, unda AQSh, Buyuk Britaniya, Ispaniya, Xitoy, Janubiy Koreya, Yaponiya, Hindiston, Gresiya, Misr, Turkiya, Isroil, Singapur, Tailand kabi o`ndan ortiq mamlakatlaridagi xalqaro sayyohlik tashkilotlar vakillari va ekspertlari qatnashadi.





