AsosiySport

O`zbekiston–Suriya o`yinini turkmanistonlik hakamlar brigadasi boshqaradi

'O`zbekiston–Suriya o`yinini turkmanistonlik hakamlar brigadasi boshqaradi'ning rasmi

6 sentyabr Ektor Kuper boshchiligidagi O`zbekiston milliy terma jamoasi Suriyaga qarshi o`rtoqlik uchrashuvida maydonga tushishadi.

Ushbu uchrashuvni turkmanistonlik hakamlar brigadasi boshqarib boradi. Bosh hakam Chorimurod Qurbonov. Unga qanotlarda Polvon Polvonov hamda Ahmet Beknazarovlar assistentlik qilishadi.

Eslatib o`tamiz, o`yinni bevosita stadionda tomosha qilishni istagan muxlislar chiptalarni "Milliy" stadioni kassalaridan xarid qilishlari mumkin. Chiptalar savdosi davom etmoqda.

    Boshqa yangiliklar