AsosiyJamiyat

"Maqom-2018" san`at anjumani munosabati bilan yo`lovchi poezdlarning jadvaliga o`zgartirish kiritildi

'"Maqom-2018" san`at anjumani munosabati bilan yo`lovchi poezdlarning jadvaliga o`zgartirish kiritildi'ning rasmi

2018 yil 6-10 sentyabr kunlari Shahrisabz shahrida birinchi xalqaro “Maqom-2018” san`at anjumani o`tkazilishi munosabat bilan yo`lovchi poezdlarning bitta reysi qatnov jadvaliga o`zgartirish kiritiladi. Bu haqda “O`zbekiston temir yo`llari ”AJ Axborot xizmati xabar bermoqda.

Unga ko`ra:
1) 6.09.2018 yil Urganchdan Toshkentga jo`naydigan № 55-sonli poezdning Kattaqo`rg`ondan Samarqandgacha,
2) 6.09.2018 yil Toshkentdan Termizgacha jo`naydigan № 380-sonli poezdning Samarqanddan Qarshigacha,
3) 6.09.2018 yil Andijondan Urganchga jo`naydigan № 393-sonli poezdning G`allaoroldan Ziyovuddingacha,
4) 6.09.2018 yil Toshkentdan Buxoroga jo`naydigan № 662-sonli poezdning Jizzaxdan Samarqandgacha,
5) 6.09.2018 yil Sariosiyodan Toshkentga jo`naydigan № 679-sonli poezdning Kayirmadan G`allaorolgacha bo`lgan masofadagi harakat jadvali o`zgartiriladi.

Shuningdek, 2018 yil 5-6 sentyabr kunlari Toshkent-Buxoro-Toshkent yo`nalishida yuqori tezlikda harakatlanuvchi № 766/765 -sonli “Afrosiyob” poezdining 2 ta reysi bekor qilinadi.

Ushbu reyslarga chipta olgan yo`lovchilar kassaga murojaat qilishlarini so`raladi. Yo`lovchilar mazkur poezdlarga olgan chiptalarni boshqa poezdga almashtirib, yoki foiz ushlamasdan chipta pullarini to`liq qaytarib olishlari mumkin bo`ladi.

Shu munosabat bilan quyidagi kassalarga murojaat qilish mumkin:
1. Toshkent shahridagi yo`lovchilar Toshkent markaziy vokzalidagi 12- sonli kassaga,
2. Samarqand shahridagi yo`lovchilar“Samarqand” vokzalidagi 1-sonli kassaga,
3. Buxoro viloyatidagi yo`lovchilar Kogon vokzalidagi 1, 2 va 3-sonli kassalarga,
4. Navoiy shahridagi yo`lovchilar esa Navoiy vokzalidagi 3-sonli kassalarga.

IZOH: Qo`shimcha ma`lumotlarni 1005 telefon raqamidan (poytaxtdagi ma`lumot byurosi) hamda hududlardagi ma`lumot bo`limlaridan, shuningdek, “O`zbekiston temir yo`llari ”AJ rasmiy veb-saytilaridan bilib olish mumkin: railway.uz, uzrailpass.uz.

    Boshqa yangiliklar