AsosiyJamiyat

O`zbek va ingliz tillarida axborot beruvchi 100 dan ortiq yo`l ko`rsatgichlari o`rnatildi​

'O`zbek va ingliz tillarida axborot beruvchi 100 dan ortiq yo`l ko`rsatgichlari o`rnatildi​'ning rasmi

Toshkent viloyatida turizm infratuzilmasini yaxshilash, xususan, yo`lovchi sayyohlarning ko`zlangan manzil bo`ylab to`g`ri harakatlanishini ta`minlash maqsadida yo`l ko`rsatgichlari o`rnatishga alohida e`tibor qaratilmoqda.

Viloyat turizmni rivojlantirish departamentidan ma`lum qilishlaricha, “Bektemir – Chirchiq – G`azalkent – Chorvoq“, “Bektemir – Yuqori Chirchiq – G`azalkent – Chorvoq“, “Chorvoq“ erkin turistik zonasi va viloyatning turistlar oqimi yuqori bo`lgan yo`llari bo`ylab o`zbek va ingliz tillarida axborot beruvchi 100 dan ortiq yo`l ko`rsatgichlari o`rnatilgan, deb yozmoqda O`zA.

photo5199795834890332753.jpg

photo5199795834890332754.jpg

Ma`lumotlarga ko`ra, Bo`stonliq tumanida 10 yo`nalish bo`ylab 62 turistik maskan joylashgan bo`lib, mazkur turistik ob`ektlarga olib boruvchi 370 kilometr masofadagi yo`llar bo`ylab ham yo`l belgilarini o`rnatish ishlari yakunlangan.

    Boshqa yangiliklar