AsosiySport

Butunjahon ko`chmanchi xalqlar o`yinlaridagi ilk medallar qo`lga kiritildi

'Butunjahon ko`chmanchi xalqlar o`yinlaridagi ilk medallar qo`lga kiritildi'ning rasmi

O`zbekiston sport delegasiyasi 2018 yil 2-8 sentyabr kunlari Qirg`iziston Respublikasining Cholpon ota shahrida bo`lib o`tayotgan Butunjahon ko`chmanchi xalqlar o`yinlarida ishtirok etmoqda.

Joriy yilning 2 sentyabr kuni “Bir ruhda – kuch birlikda” shiori ostida o`yinlarning tantanali ochilish marosimi o`tkazilib, unda dunyoning 66 ta davlatidan tashrif buyurgan 1556 nafar sportchi ishtirok etdi. Bu haqda Jismoniy tarbiya va sport vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

III Butunjahon ko`chmanchi xalqlar o`yinlari ochilish marosimida ishtirokchilarini Qirg`iziston Respublikasi Prezidenti Sooranbay Jeenbekov qutladi. Tadbirda Qozog`iston, Turkiya, Tatariston Respublikalari Prezidentlari, Birlashgan Arab Amirliklarining Fujayra amirligi shahzodasi, Vengriya Bosh vaziri mehmon sifatida ishtirok etishdi.

Ushbu o`yinlarda 50 ta sport turi bo`yicha 500 dan ortiq komplekt medallar jamlanmasi o`ynaladi. O`zbekiston 13 ta sport turi bo`yicha 58 nafar sportchi bilan ishtirok etmoqda.

img_5b76c3cf29f9e695883741.jpg

Bugun vakillarimiz alsh kurashi (Qirg`iziston kurashi), Armrestling sport turlari bo`yicha bahslarga kirishishdi. O`ynlardagi dastlabki yutuqlar ko`lga kiritildi, armrestling bo`yicha chap qo`l bahslarida 18 davlatdan tashrif buyurgan 72 nafar ishtirokchi orasida yurtdoshlarimiz Dmitriy Dokuchaev (75 kg.), Qudratillo Niyazi (95 kg.), Firdavs Gafurov (105 kg.) musobaqaning bronza medalini qo`lga kiritishdi.

    Boshqa yangiliklar