Dushanba kuni Afg`onistonning Paktika viloyatida jangarilar uchta maktabga hujum qildi, deb xabar berdi RIA novosti nashri.
Ma`lumotlarga ko`ra, noma`lum jangarilar qo`l granatalari bilan erta tongda ikkita maktabga hujum qilgan. Uchinchi maktabga esa raketa snaryadi kelib tushgan. Bu vaqtda maktabda o`quvchilar bo`lmagan. Hujum oqibatida maktab binolari jiddiy zarar ko`rgan.
Hozircha birorta terrorchilik tashkiloti mazkur hujum javobgarligini bo`yniga olmadi.






