Jang ketayotgan Liviya poytaxtidagi qamoqxonlardan biridan 400 nafarga yaqin mahbuslar ommaviy ravishda qochib ketdi, deb xabar berdi Vesti.ru nashri.
Mahbuslarning qochishiga qamoqxona yaqinida ro`y bergan otishma ovozi sabab bo`lgan. Qamoqxona mahbuslari vahimaga tushib, darvozani buzib qochishgan. Qo`riqchilar qurbonlar sonini ko`paytirmaslik uchun mahbuslarni o`qqa tutmagan. Ayni vaqtda qamoqxona ma`muriyati qochoqlarning aniq sonini aniqlash bilan shug`ullanmoqda.
Xabarlarga ko`ra, Tripoli shahrida o`tgan yakshanbadan beri raqib guruhlar o`rtasidagi jang to`xtamay, davom etmoqda.






