Braziliyaning Rio-de-Janeyro shahrida joylashgan milliy muzeyda yong`in sodir bo`ldi, deb xabar berdi TASS nashri.
1818 yilda tashkil etilgan muzeyda 20 milliondan ortiq ko`rgazmali buyumlar bo`lib, ularning aksariyati kulga aylangan. Voqea tufayli qurbon bo`lganlar va jabrlanganlar to`g`risida aniq ma`lumotlar yo`q. Yong`inning kelib chiqish sabablari o`rganilmoqda.






